Brend

Toshkentda ishlab chiqaramiz

LOMO — yig‘ma mebel ishlab chiqaruvchi o‘zbek brendi. Biz mebelni shunday loyihalaymizki, u tekis qutiga sig‘sin, oddiy mashinada tashilsin va uy egasi uni usta chaqirmasdan yig‘a olsin.

Har bir model uch narsaga qarab tekshiriladi: xonaga sig‘adimi, arzon tushadimi va bir kishi uni yig‘a oladimi. Uchtasidan biri bajarilmasa, model katalogga chiqmaydi.

Panellar o‘z ustaxonamizda kesiladi, teshiklar stanokda ochiladi. Shuning uchun yig‘ayotganda hech narsa mos kelmay qolmaydi.

Qadoqlash biz uchun alohida mavzu. Mebel yo‘lda shikastlansa, mijozning kayfiyati ham, bizning obro‘yimiz ham buziladi. Shuning uchun quti ko‘p qatlamli, burchaklari himoyalangan va muhrlangan holda chiqadi.

LOMO mebeli
2019
yildan beri ishlaymiz
4 000+
yiliga yetkazilgan to‘plam
24 oy
kafolat muddati
12
viloyatga yetkazamiz